Ishlab turgan tizim · O'zbekiston serverlarida

Qurilish sotuvining
operatsion tizimi

Birinchi qo'ng'iroqdan oxirgi to'lovgacha — lid, shaxmatka, buyurtma, shartnoma, kassa va rahbar analitikasi bitta oqimda. Excel jadvallari va yo'qolgan murojaatlarsiz.

12 modul uz / ru interfeys Har kompaniya ma'lumoti yopiq
tamalcrm.uz
Shaxmatka — xonadonlar holati va bandlik
BOSS panel — rahbar analitikasi
LidlarShaxmatkaBuyurtmalarShartnomalar KassaQarzdorlikTelefoniyaHisobotlar VazifalarMijozlarBOSS panelAudit jurnali LidlarShaxmatkaBuyurtmalarShartnomalar KassaQarzdorlikTelefoniyaHisobotlar VazifalarMijozlarBOSS panelAudit jurnali
Imkoniyatlar

Sotuv bo'limi kunlik ishlaydigan hamma narsa

Har bir modul bir-biriga ulangan: xonani band qilsangiz shartnomada chiqadi, to'lov tushsa qarzdorlik o'zi qayta hisoblanadi.

Shaxmatka

Butun blok bir ekranda: bo'sh, band, sotilgan. Planirovka, narx kalkulyatori va bir bosishda bron qilish.

Lidlar va voronka

Reklama, qo'ng'iroq va tanish orqali kelgan murojaatlar bitta oqimda — bosqichlar, mas'ullar, yo'qotish sabablari.

Shartnomalar

To'lov jadvali avtomatik, .docx hujjat bir bosishda, kvitansiya QR bilan.

Kassa va qarzdorlik

Tushum, kechikkan to'lovlar va shartnoma qoldig'i — real vaqtda.

Telefoniya

Brauzerdan qo'ng'iroq, yozuvlar, javobsiz raqamdan avtomatik lid.

Rahbar analitikasi

Kunlik tushum, oylik dinamika, loyihalar bo'yicha sotuv — kompyuterda ham, telefonda ham. Kunlik xulosa Telegram'ga tushadi.

Xavfsizlik

Rol asosida ruxsatlar, audit jurnali, bitta faol sessiya va kunlik zaxira.

Jarayon

Tizim qanday ishlaydi

Quyida — Tamal CRM'ning haqiqiy ekranlari. Ma'lumotlar namoyish uchun yaratilgan.

01 — Murojaat

Hech bir mijoz e'tibordan chetda qolmaydi

Reklama formasi, qo'ng'iroq yoki qo'lda kiritilgan lid — hammasi voronkaga tushadi va mas'ul xodimga biriktiriladi.

  • 1 Kanban va jadval ko'rinishlari, filtr va qidiruv
  • 2 Facebook/Instagram reklamalaridan avtomatik lid
  • 3 Javobsiz qo'ng'iroq — o'zi lid va vazifa bo'ladi
Lidlar bo'limi
02 — Bitim

Buyurtmadan shartnomagacha bir oqimda

Xona band qilinadi, kelishilgan shartlar kiritiladi va shartnoma to'lov jadvali bilan birga tayyor bo'ladi.

  • 1 To'lov jadvalini qo'lda tahrirlash imkoni
  • 2 Avans bo'lib to'lanishi, chegirma, USD kurs
  • 3 Shartnoma .docx — kompaniya shabloni bilan
Shartnomalar bo'limi
03 — Pul

Kassa, qarzdorlik va nazorat

To'lov shartnoma jadvaliga bog'lanadi. Kim to'ladi, kim kechikdi, oyning oxirida qancha kutilyapti — barchasi ko'rinib turadi.

  • 1 Kvitansiya, to'lov tarixi va Excel eksport
  • 2 Kechikish bo'yicha avtomatik ro'yxat
  • 3 O'chirilgan to'lov ham audit jurnalida qoladi
To'lovlar bo'limi
0
ishlab turgan modul
0
interfeys tili (uz / ru)
UZ
serverlar O'zbekistonda
0
zaxira va monitoring
Kompaniya

«GRAF-CORP» MAS'ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYAT

Tamal CRM — Samarqand shahrida ro'yxatdan o'tgan «GRAF-CORP» MChJ tomonidan ishlab chiqilayotgan va qo'llab-quvvatlanayotgan dasturiy mahsulot.

Biz O'zbekistondagi qurilish-sotuv kompaniyalari uchun sotuv jarayonini raqamlashtiramiz: mijozlar bazasi, xonadonlar hisobi, shartnomalar va moliyaviy nazorat bitta tizimda birlashadi.

Ma'lumotlar O'zbekistondagi serverlarda saqlanadi, har bir kompaniyaning ma'lumotlari bir-biridan to'liq ajratilgan. Tizimga kirish faqat taklif orqali beriladi.

Yuridik nom
«GRAF-CORP» MAS'ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYAT
Legal entity
GRAF-CORP LLC, Uzbekistan
STIR / Tax ID
311 230 000
Manzil
Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Raxmatobod MFY, Beruniy ko'chasi, 87-uy
Veb-sayt
tamalcrm.uz
Mahsulot
Tamal CRM — SaaS, taklif asosida
Aloqa

Kompaniyangiz uchun ko'rsatib beramiz

Qanday obyektlar bilan ishlashingizni ayting — tizimni aynan shu jarayonga moslab namoyish qilamiz.

Yuborilganda xabar pochta ilovangizda tayyor holda ochiladi.